O‘zbekiston | 11:47 / 20.08.2025
1489
2 daqiqa o‘qiladi

Kriminogen vaziyat murakkab mahallalar kuzatuv kameralari bilan qamrab olinadi

Jinoyat sodir etilishiga imkon yaratuvchi omillar mavjud bo‘lgan mahallalarda nazorat kuchaytiriladi.

Illyustrativ foto

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

- kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish;

- joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish.

- Shuningdek, ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, kriminogen vaziyat - muayyan hududda jinoyat sodir etilishiga imkon yaratuvchi omillar majmuasi. U jinoyatchilikning darajasi va xususiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa shart-sharoitlarni o‘z ichiga oladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid