Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina g‘arbiga raketa va dronlar bilan zarba berdi
Lvovda bir kishi halok bo‘ldi, Zakarpatiye viloyatida 12 kishi yaralandi.
Rossiya armiyasi qanotli raketalar bilan Zakarpatiye viloyati Mukachevo shahridagi korxonalardan biriga hujum qildi, omborxonalar vayron bo‘ldi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Miroslav Biletskiy.
21 avgust ertalabki holatga ko‘ra, 12 kishi yaralangan, ular turli darajada tan jarohati olgan.
Mukachevo rahbari Andrey Baloganing aytishicha, «shahar va tumanning minglab aholisini ish bilan ta’minlagan» fuqarolik korxonasiga hujum qilingan. «Politika Strany» nashrining yozishicha, Flex elektronika zavodi zarbaga uchragan.
Rossiya dronlari va qanotli raketalari tunda Lvovga ham hujum qildi, dedi shahar meri Andrey Sadoviy. Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, portlashlar shaharning bir nechta tumanlarida qayd etilgan - xususiy uylar, noturar binolar va transport vositalariga zarar yetgan.
Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan. Lvov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiyning ma’lum qilishicha, portlash to‘lqini o‘nlab uylarga zarar yetkazgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026