O‘zbekiston | 08:21 / 22.08.2025
6317
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul mansabdor qamaldi

U xodimdan kamchiliklarni rahbarga aytmaslik evaziga 1500 AQSh dollari talab qilgan.

Foto: Videodan kadr / MY5

Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda «Hudud» dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘lim boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024 yildagi 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni rahbarga aytmaslik evaziga 1500 AQSh dollari talab qilgan.

Mansabdor shaxs pullardan 1000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Keyinchalik bu jinoyatga jamiyatning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqadorligi aniqlangan.

Qayd qilinishicha, sud hukmi bilan bu shaxslarga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqi 2 yil muddatga cheklanib, 2 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid