O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
43237
2 daqiqa o‘qiladi

Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Yangi o‘quv yili litsey o‘quvchilari va OTMlarning 1-kurs talabalari uchun 3 sentabrdan, yuqori kurs talabalari uchun 8 sentabrdan boshlanadi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda 2025/26 o‘quv yilining boshlanish sanalarini tasdiqladi. Unga ko‘ra:

  • akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va OTMlarning 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentabr, chorshanba kunidan;
  • oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8 sentabr, dushanbadan boshlanadi.

OTMlarda 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi. Haftalik doirasida:

  • talabalar OTM faoliyati bilan tanishtiriladi, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati tushuntiriladi;
  • tanlov fanlari maqsadli tanlanadi;
  • talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Avvalroq o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tmagan universitetlarda to‘lov-kontrakt miqdori oshmasligi ehtimoli borligi xabar qilingandi

Mavzuga oid