Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazdan noqonuniy foydalanib kelgan tibbiyot maskani aniqlandi
Gaz ta’minoti korxonasiga 951,7 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
Jizzax shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan tibbiyot maskani aniqlandi.
O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Jizzax shahrida joylashgan «J.Sh.T.B.» tibbiyot maskanida gaz hisoblagichning nazorat tamg‘alari buzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 951,7 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:49 / 19.03.2026
Jahon gigantlari energiyani qaysi manbalardan oladi?
10:40 / 17.03.2026
Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
13:43 / 16.03.2026
Mart oyining ikkinchi yarmida tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor 50 kub metrni tashkil etadi
12:43 / 03.03.2026