Jahon | 14:46 / 25.08.2025
1667
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 8 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan 8 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA

Mazkur insonparvarlik ko‘magi yurtimizda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" tadbiri doirasida O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirildi.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida yurtdoshlar uchun aviachiptalar xarid qilindi.

Ular Uzbekistan Airways aviakompaniyasining "Novosibirsk-Toshkent" reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid