Aniqlanişiça, yoş ona Rossiyaning migratsiya qonunçiligini buzgani uçun Novosibirsk huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olingan va Xorijiy fuqarolarni vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan. Qizça esa bu vaqt davomida Novosibirskdagi “Oila” oila va bolalarga yordam körsatiş markazida, Boş konsul nazorati ostida bölgan.
Boş konsulxona diplomatlarining tezkor harakatlari natijasida qizaloq uçun barça zarur hujjatlar olindi. 2026 yil 17 fevral kuni u konsulxona xodimlari tomonidan Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelindi va u yerda onasi bilan uçraşişga muvaffaq böldi.
Öşa kuni ona va bola Uzbekistan Airways aviakompaniyasining “Novosibirsk–Farğona” reysi bilan vatanga qaytarildi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu çora-tadbirlar Özbekistonning xorijdagi fuqarolarining huquq va manfaatlarini xalqaro majburiyatlar va qabul qiluvçi davlatlar qonunçiligiga rioya qilgan holda himoya qilişga qaratilgan izçil siyosatini aks ettiradi.
Şu bilan birga, xorijga ketayotgan fuqarolarning huquqiy xabardorligini oşiriş va migratsiya rejimi buzilişining oldini oliş böyiça işlar davom ettirilmoqda.













