Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
Gaz otqinini bartaraf etishga 1 oy vaqt ketdi. “Quduq baxtsiz hodisalar va talofatlarsiz jilovlandi”, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz”. Murakkab sharoitdagi quduqni yopish ishlarini muvaffaqiyatli bajargani uchun 200 nafar ishchiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Foto: Videodan kadr
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani hududida yer ostidan otilib chiqqan gaz jilovlandi, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz».
26 iyul kuni «O‘zbekneftgaz»ga qarashli yangi, loyihaviy chuqurligi 5000 metr bo‘lgan 1-son izlov qudug‘ida 4707 metr chuqurlik burg‘ilanganda to‘satdan tabiiy gaz otilib chiqqan edi.
Qayd qilinishicha, gaz otqinini bartaraf etish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan tezkor shtab tashkil qilinib, tarkibiga Ochiq favvoralarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha xarbiylashtirilgan qism, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mas’ul mutasaddi tashkilotlarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy hokimlikning mutaxassislari jalb etilgan.
Shtab tomonidan gaz otqinini bartaraf etishga qaratilgan «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilgan va ishlar bosqichma-bosqich hamkor tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra, «yo‘l xaritasi»dagi barcha ishlar malakali mahalliy mutaxassislar hamda maxsus texnika vositalari yordamida muvaffaqiyatli bajarilib, quduqni nazorat qilish imkoni yaratilgan.
Qayd etilishicha, quduq turli baxtsiz hodisalar, talofatlarsiz jilovlangan. Murakkab sharoitdagi quduqni yopish ishlarini muvaffaqiyatli bajargani uchun 200 nafar ishchiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilgan.
Mavzuga oid
13:38 / 26.11.2025
Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi
14:20 / 07.11.2025
To‘qimachilik va kiyim, tabiiy gaz qazib olish – 9 oylik investitsiyada yetakchi tarmoqlar
09:58 / 31.10.2025
Isitish mavsumida tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yor oshiriladi
18:12 / 20.10.2025