Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya 2025 yilning 26-27 avgust kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu uning Yaponiya tashqi ishlar vaziri sifatida respublikaga so‘nggi uch yildagi birinchi tashrifi.
Tashrif davomida 27 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Unda, ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlarining birinchi strategik muloqoti doirasida siyosat, iqtisodiyot va madaniyat kabi turli sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, xalqaro chaqiriqlarga birgalikda javob berish masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Qayd etilishicha, Yaponiya tomoni O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga kadrlar tayyorlash, “yashil” energiya, asosiy ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda ko‘maklashishda davom etadi va shu orqali jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik salohiyatini rivojlantiradi.
Takesi Ivayaga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida Osaka shahrida boshlangan “Kelajak jamiyatini hayotimiz uchun loyihalash” mavzusidagi Butunjahon ko‘rgazmasida “Bilimlar bog‘i”, The Garden of Knowledge konsepsiyasi aks ettirilgan O‘zbekiston pavilioniga har kuni ko‘plab mehmonlar tashrif buyurmoqda. 17 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti mudiri Gayane Umerova ishtirokida juda qiziqarli tadbir bo‘lib o‘tdi.
"Umid qilamizki, EKSPO ko‘rgazmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi turli darajadagi iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi. EKSPO tugashiga salkam bir yarim oy vaqt qoldi, bu vaqt ichida Yaponiyaga yanada ko‘proq O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyuradi, degan umiddamiz", deydi Yaponiya tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026