Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi
Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish, aholining turizm xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, shuningdek, yurtdoshlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda.
Foto: O‘zbekiston 24
Jumladan, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar) hamda «Vaqf» xayriya jamoat fondi va Madaniy meros agentligi tasarrufidagi madaniy meros obektlariga kirish chiptalariga 20 foizgacha chegirmalar tatbiq etiladi.
Mazkur chegirmalar Mustaqillik bayrami munosabati bilan joriy etilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi – fuqarolarni yurt tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, ichki turizm salohiyatini yanada oshirishdan iborat.
Chegirmalar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- madaniy meros obektlari, muzeylar va yodgorliklarga kirish chiptalari;
- joylashtirish vositalarida xizmat narxlariga;
- ayrim ekskursiya va sayohat xizmatlariga.
Ayni vaqtda, turizm sohasi vakillari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:19 / 23.10.2025
Hukumat qarori: Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar haqqoniy bo‘lishi kerak
17:40 / 03.10.2025
Pensionerlar uchun poyezd chiptalariga 20 foiz chegirma e’lon qilindi
22:17 / 28.09.2025
Iste’mol qilish muddati tugayotgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun chegirmalar joriy qilinadi
09:00 / 28.08.2025