Jamiyat | 10:20 / 27.08.2025
4434
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: Davlat shifoxonalarida qanday sharoitlar yetishmaydi?

Kun.uz muxbiri davlat tibbiyot muassasalari faoliyati bo‘yicha kichik so‘rovnoma o‘tkazdi. Respondentlarning ayrimlari shahardagi tibbiy xizmatlar qoniqarli ekanligini, boshqalari esa olis hududlardagi tibbiy xizmatlar aksincha ekanligini ta’kidladi. Yana bir respondent esa shifoxonalarda malakali kadrlar yetishmasligini qayd etdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalari soni qariyib 10 mingga yetgan pallada davlat shifoxonalarida vaziyat qanday, aholi tibbiy xizmatlardan rozimi? Kun.uz muxbiri shu savollar bilan Toshkent shahrida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Respondentlarning aksariyati tibbiy xizmatlar asosan shaharlarda yaxshi ko‘rsatilishini, tumanlarda esa qoniqarli emasligini aytdi.

“Uncha qoniqarlimas, chekka-chekka qishloqlarda shifokorlar kam, kasal yotadigan joylar o‘ta ta’mirtalab. Rentgen degan narsa yo‘q, kuchli travmatologlar yo‘q. Bo‘lgani bilan ham ularning jihozlari yo‘q, shunaqa sharoitlar bo‘lmagani uchun Toshkentga keldik”, – deydi namanganlik yigit.

Boshqa bir respondentga ko‘ra, davlat shifoxonalarda tibbiy xizmat tez va sifatli ko‘rsatilmaydi, navbatlar ko‘p, ordersiz xizmat esa qimmat.

“Sal qimmatroq-da, davlat shifoxonasiga order bilan borsak – tekin. Order ham bir yilda bir marta zo‘rg‘a keladi, bo‘lmasa yo‘q. Men qandli diabetim bilan yotib chiqdim. Kuniga 200 ming so‘mdan to‘ladim, dori-darmon o‘zimdan”,  – deydi onaxonlardan biri.

Yana bir respondent hamma hizmatlar qoniqtirishini aytgan bo‘lsa, boshqasi ayrim tibbiyot xodimlarida muomala madaniyati yetishmasligini bildirdi.

Mavzuga oid