Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
Shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi.
Illyustrativ foto
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025 yilning iyun oyida Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.
Ombudsmanga ma’lum qilinishicha, monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, Quyi Chirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatildi. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlandi. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da ta’mirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirildi.
Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati ichki ishlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan tugatildi.
Mavzuga oid
22:08 / 20.09.2025
Toshkentda yosh qizlarga uyatsiz harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
00:28 / 12.09.2025
Kriptovaluta orqali 170 ming dollar pulini o‘zgalarga o‘tkazib yuborgan fuqaro ombudsmanga murojaat qildi
20:44 / 11.08.2025
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
21:20 / 06.08.2025