Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) matbuot xizmati fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot bölişga çaqirdi.

Ma’lum qilinişiça, fuqaro M.P. özining ehtiyotsizligi va soddaligi oqibatida katta miqdordagi mablağdan mahrum bölgani yuzasidan ombudsmanga murojaat qilgan . U murojaatida 2024 yil dekabr oyida özini Içki işlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb taniştirgan şaxslar ta’sirida kriptovaluta orqali 170 000 AQŞ dollarini ötkazib yuborganini bildirgan. Şu maqsadda u avtomaşinasi va uyini sotgan, jamğarmalarini yöqotgan, hatto qarzga kirgan.

M.P. Kiberxavfsizlik markaziga rasmiy tarzda murojaat qilgaç, jinoyat işi qözğatilgan. 

“Ombudsman şikoyatda körsatilgan vajlarga aniqlik kiritiş maqsadida Içki işlar vazirligiga murojaat qildi. Murojaat hamkorlikda örganilişi natijasida Kiberxavfsizlik boşqarmasi tomonidan kriptodökondan fuqaro M.P. foydasiga 115 ming AQŞ dollari (1 mlrd 434 mln 625 ming söm) undirib berildi.

Ombudsmanga firibgarlik bilan boğliq köplab murojaatlar kelib tuşadi, ammo ularning katta qismida mablağlarni qaytariş imkoni bölmaydi. Bu esa bunday holatlarga aldanmaslik va oldindan ogoh bölişni taqozo etadi”, deyiladi ombudsman matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, ombudsman fuqarolarga quyidagi tavsiyalarni bergan: 

• Özini huquqni muhofaza qiluvçi organ yoki bank xodimi deb taniştirgan, ammo şaxsiy raqamlar orqali qönğiroq qilayotgan, tölov yoki ma’lumot sörayotgan şaxslarga işonmang;

• Telefon orqali pasport yoki ID-karta, plastik karta, PIN-kod, SMS-kod kabi şaxsiy ma’lumotlarni heç kimga oşkor qilmang;

• Siz tanimagan şaxslar kriptovaluta orqali tölov qilişga undasa, bu holatni darhol töxtating va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiling;

• Davlat organlari, idora va taşkilotlar öz faoliyatini faqat rasmiy kanallar orqali amalga oşiradi. Şubhali holatlarda tegişli idoraning işonçli raqamlari orqali tasdiq oling.