Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uralda mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O‘zbekistonga olib kelindi
Rossiyaning Ural federal okrugida joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasalarida saqlanayotgan vatandosh ayollar va bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilyapti.
Foto: "Dunyo" AA
Jumladan, O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga Namangan viloyatida tug‘ilgan R.F. o‘zi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini vatanga qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
R.F. bilan o‘tkazilgan suhbat davomida uning haqiqatdan ham farzandlari bilan og‘ir ahvolda qolgani, ayrim hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Bosh konsulxona sa’y-harakatlari bilan hamyurtlarning hujjatlari rasmiylashtirib berildi va "Yekaterinburg–Namangan" yo‘nalishidagi samolyotga chipta sotib olindi.
Vatandoshlar 25 avgust kuni Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Namanganga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
07:53 / 03.09.2025
Polshada mushkul ahvolda qolgan uch fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
15:22 / 02.09.2025
Rossiyadan 16 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:30 / 01.09.2025
Olmaotada mushkul ahvolda qolgan ona va ikki farzandi olib kelindi
08:23 / 01.09.2025