O‘zbekiston | 10:22 / 29.08.2025
5051
1 daqiqa o‘qiladi

Rostovdagi korxona O‘zbekistondan 100 nafar kishini ish bilan ta’minlaydi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Indyushkin dvor" korxonasi rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Suhbat avvalida Rossiya tomoni korxona faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida so‘zlab berdi. Ma’lum qilinishicha, "Indyushkin dvor" korxonasi kurka go‘shti ishlab chiqaradi va mahsulotlar 18 ta davlatga eksport qilinadi. Korxonada 150 nafar xorijlik ishchi faoliyat yuritadi, ulardan 26 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shu sababli, bugungi kunda 100 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.

Rossiya vakillari mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston diplomatlari mamlakatdan ishchi kuchini uyushgan holda jalb qilish tartibi va shartlari haqida to‘xtaldi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni batafsil muhokama qilish uchun O‘zbekistonning tegishli organlari bilan muloqot uyushtirilishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid