Ta’lim | 09:37 / 29.08.2025
1705
1 daqiqa o‘qiladi

Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3 sentabrdan boshlanadi

Respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025-2026 o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025-2026 o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.

9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari bo‘yicha 2- va 3-kurs o‘quvchilari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentabrdan boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid