Yiğilişda qayd etilganidek, kelgusi uç yilda xususiy sektor uluşini oşiriş orqali xalqaro standartlar asosida oçilgan öquv va baholaş markazlarining sonini hozirgi 50 tadan 200 taga yetkaziş, xususiy kasbiy ta’lim bilan har yili 500 ming nafar aholini qamrab oliş maqsad qilingan. Ayni paytda bu körsatkiç 45 ming nafarni taşkil etmoqda.

Buning uçun 300 dan ortiq öquv dasturlari qayta körib çiqilib, xalqaro talablarga moslaştiriladi. Kamida ming nafar öqituvçi va ta’lim ustalarining malakasi oşiriladi. Uşbu dasturlarni moliyalaştiriş uçun Bandlik jamğarmasidan 500 milliard söm yönaltiriladi.

Taqdimotda tadbirkorlar bilan ötkazilgan uçraşuvlar davomida bildirilgan taklif va muammolar ham körib çiqildi. Muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan xususiy kasbiy ta’lim markazlari uçun bojxona boji va ijtimoiy soliq böyiça imtiyozlar, imtiyozli kreditlar, ayrim xarajatlarni kompensatsiya qiliş, yangi qurilgan binolar uçun taşqi infratuzilmani budjet hisobidan barpo etiş, yer uçastkalari qiymatini foizsiz bölib tölaş, böş bino va maydonlardan foydalaniş imkoniyatlarini yaratiş masalalari kötarilgan.

Şu munosabat bilan xususiy kasbiy ta’lim taşkilotlari uçun zarur asbob-uskuna va jihozlarni bojxona bojidan ozod qiliş, xorijiy öqituvçilar, mutaxassis va ustalar uçun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilaş taklif qilindi.

Şuningdek, 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgaça imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bino qurilişi va ta’miri, zarur uskunalarni xarid qiliş uçun olingan kreditlar böyiça foiz xarajatlarining 7 foizi qoplab beriladi.

Xorijiy mutaxassislar va malakali öqituvçilarni jalb qiliş xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Kasbiy malakani baholaş uskunalari va dasturiy mahsulotlar xarajatlarining 30 foizi, xorijda tan olinadigan va milliy kasbiy malaka sertifikatlari xarajatlarining 50 foizi miqdorida kompensatsiya tölanadi.

Şu bilan birga, bunday imtiyoz va qöllab-quvvatlaş çoralaridan foydalangan tadbirkorlar qurilgan yoki ijaraga olingan binolarning kamida 60 foizida kasbiy tayyorgarlikni taşkil etişi va amaliy maşğulotlar ötkazişi şart böladi.

Tadbirkorlarga sotilgan yer uçun tölovni 5 yilgaça foizsiz bölib tölaş, böş turgan davlat obektlarini kamida 5 yilga ijaraga oliş, texnikumlardagi böş binolardan bepul foydalaniş imkoniyati beriladi.