Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «ShHT plyus» formatidagi sammitda, shuningdek, harbiy paradda ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga bordi. Unga rafiqasi ham hamrohlik qildi.
«Binxay» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Xitoy transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 31 avgust – 1 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «ShHT plyus» formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.
So‘ngra, Pekinda Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda qatnashadi.







Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026