Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabr kuni Toshkentdagi ba’zi ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Poytaxt aholisi va mehmonlarga yondosh va aylanma ko‘chalardan harakatlanish tavsiya qilindi.
1 sentabr kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi IIBB YHXB.
Shu sababli poytaxtning Mahtumquli- Ohangaron shoh ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston - 4P12 yo‘li kesishgan chorrahasigacha, Cho‘lpon ko‘chasi bo‘ylab, Yangi O‘zbekiston-Milliy bog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha, Yangi O‘zbekiston-Temirchi ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismida soat 17:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
“Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, yondosh va aylanma ko‘chalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026