Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlashi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida delegatsiyaning Germaniyaning Hessen federal o‘lkasiga amaliy safari uyushtirildi.
Foto: "Dunyo" AA
Safar davomida qator moliya institutlari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, kooperativ banklar guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi va Germaniyada aktivlar hajmi bo‘yicha ikkinchi yirik moliya tashkiloti – DZ BANK rahbarlari bilan uchrashuvda tomonlar sanoat loyihalari uchun korporativ va investitsiyaviy moliyalashtirish, savdo moliyasi hamda B2B shaklida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
ODDO BHF Fransiya-Germaniya mustaqil bank guruhi rahbarlari bilan muloqotda xususiy sarmoya va aktivlar boshqaruvi orqali hududiy loyihalarga investitsiya jalb etish, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, AKA Bank eksport-kreditlashga ixtisoslashgan bank konsorsiumi mutasaddilari bilan kechgan suhbatda eksport kredit agentliklari (ECA) kafolatlari asosida uzoq muddatli moliyalashtirish mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Frankfurtda joylashgan yirik Helaba tijorat bankida bo‘lib o‘tgan muzokarada tomonlar infratuzilma va ishlab chiqarish loyihalarini sindikat kreditlari va kapital bozori instrumentlari orqali qo‘llab-quvvatlash istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati delegatsiya AMK Global GmbH, Falk-Porsche-Technik GmbH, Kessler Zoologiegroßhandel GmbH & Co. KG, Weingut Koegler va Azerbaijan-Uzbekistan Investment Company (AUIC) kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ularda chiqindilarni qayta ishlash, sanoat materiallari va uskunalar, oziq-ovqat tarmog‘i, vinochilik hamda qo‘shma investitsiya platformalaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. AMK Global'ning Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlash loyihasi bo‘yicha ishlashga tayyorligi qayd etildi.
Mavzuga oid
16:09 / 05.02.2026
Germaniya maxsus xizmati: RFning harbiy xarajatlari e’lon qilinganidan 66 foizga yuqori
12:26 / 05.02.2026
2024 yilda Germaniyaga yangi migrantlar oqimi 12 foizga kamaydi
10:55 / 05.02.2026
Germaniyada migrantlarni til kurslariga qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi
10:29 / 05.02.2026