Safar davomida qator moliya institutlari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazildi. Xususan, kooperativ banklar guruhiga xizmat körsatuvçi va Germaniyada aktivlar hajmi böyiça ikkinçi yirik moliya taşkiloti – DZ BANK rahbarlari bilan uçraşuvda tomonlar sanoat loyihalari uçun korporativ va investitsiyaviy moliyalaştiriş, savdo moliyasi hamda B2B şaklida hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
ODDO BHF Fransiya-Germaniya mustaqil bank guruhi rahbarlari bilan muloqotda xususiy sarmoya va aktivlar boşqaruvi orqali hududiy loyihalarga investitsiya jalb etiş, eksportga yönaltirilgan korxonalarni moliyalaştiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Bundan taşqari, AKA Bank eksport-kreditlaşga ixtisoslaşgan bank konsorsiumi mutasaddilari bilan keçgan suhbatda eksport kredit agentliklari (ECA) kafolatlari asosida uzoq muddatli moliyalaştiriş mexanizmlarini qöllaş böyiça kelişuvga erişildi.
Frankfurtda joylaşgan yirik Helaba tijorat bankida bölib ötgan muzokarada tomonlar infratuzilma va işlab çiqariş loyihalarini sindikat kreditlari va kapital bozori instrumentlari orqali qöllab-quvvatlaş istiqbollarini muhokama qildi.
Şuningdek, Toşkent viloyati delegatsiya AMK Global GmbH, Falk-Porsche-Technik GmbH, Kessler Zoologiegroßhandel GmbH & Co. KG, Weingut Koegler va Azerbaijan-Uzbekistan Investment Company (AUIC) kompaniyalari vakillari bilan uçraşdi. Ularda çiqindilarni qayta işlaş, sanoat materiallari va uskunalar, oziq-ovqat tarmoği, vinoçilik hamda qöşma investitsiya platformalaridan foydalaniş masalalari körib çiqildi. AMK Global'ning Toşkent viloyatida maişiy çiqindilarni qayta işlaş loyihasi böyiça işlaşga tayyorligi qayd etildi.

















