Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ISW: Rossiya Bosh shtabi armiyaning Ukrainadagi yutuqlarini oshirib ko‘rsatgan
ISW tahlilchilariga ko‘ra, Rossiya armiyasi so‘nggi oylarda Ukraina hududining 2346 kvadrat kilometrini va 130 ta aholi punktini egallab olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu raqamlar Rossiya Bosh shtabining hisob-kitoblaridan ancha past.
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bahorgi-yozgi hujum kampaniyasi paytida Rossiya armiyasining Ukrainadagi yutuqlarini sezilarli darajada bo‘rttirib ko‘rsatgan, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari 31 avgust, yakshanba kungi kunlik sharhida.
Bir kun avval Rossiya Bosh shtabi rahbari Rossiya qo‘shinlari 2025 yil martidan buyon Ukrainaning 149 ta aholi punkti va 3,5 ming kvadrat kilometrdan ortiq hududini qo‘lga kiritganini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida, ISW frontdan olingan fotosuratlar va videolarni tahlil qilishi shuni ko‘rsatdiki, Rossiya armiyasi bor-yo‘g‘i 2346 kvadrat kilometr aholi punkti va 130 ga yaqin hududni egallab olishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya Donetsk viloyatining 76,7 foizini, Xerson viloyatining 73,2 foizini va Zaporijjya viloyatining 73 foizini egallab olgan. Gerasimov esa mos ravishda 79, 76 va 74 foiz haqida ta’kidlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi va ISW'ning Luxansk viloyati uchun bahosi — 99,7 foiz — mos keldi.
ISW tahlilchilarining fikricha, Moskva muvaffaqiyatlar haqida bayonotlar berish orqali Rossiya armiyasining tez sur’atlar bilan olg‘a siljishi haqida noto‘g‘ri tushuncha yaratishga va shu tariqa G‘arb siyosatiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. «Kreml G‘arbni Rossiya jang maydonida muqarrar ravishda o‘z harbiy maqsadlariga erishishiga ishontirishga urinmoqda, ya’ni Ukraina Rossiyaning talablariga bo‘ysunishi, G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerak», deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026