Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti CNBM kompaniyasi bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Pekin shahrida China National Building Materials (CNBM) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjou Yuysyanni qabul qildi.
Xitoyning CNBM kompaniyasi qurilish materiallari ishlab chiqarish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish, muhandislik-texnik yechimlarni taqdim etish bo‘yicha eng yirik konglomeratlardan biri sifatida dunyo kompaniyalarining top-500 taligiga kiradi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, shamol va quyosh elektr stansiyalari, energiyani saqlash tizimlarini qurish, muqobil energetika obektlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyasining sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturda ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.
Erishilgan kelishuvlarni jadallashtirish va amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026