Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.

Jumladan:
– “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
– Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;
– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.


Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:
– O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
– texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
– muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
– kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
– raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
– raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
– Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026