Turizm | 07:57 / 02.09.2025
3826
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqi va AQShdan o‘n minglab sayyohlar keldi

Ukrainaning Kyiv Diplomatic jurnalida "O‘zbekiston xalqaro turizm markaziga aylanmoqda" sarlavhali maqola chop etildi.

Foto: Kyiv Diplomatic

Unda O‘zbekistonda tashqi turizm sohasining jadal rivojlanib borayotgani va mamlakat hukumatining ushu yo‘nalishda amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari batafsil tahlil qilingan.

"Viza tartib-qoidalarining soddalashtirilishi, aviaqatnovlarning kengaytirilishi, qo‘shni davlatlar bilan aloqalarning mustahkamlanishi, safar qilish bo‘yicha ma’muriy cheklovlarning olib tashlanishi va pandemiyadan keyin fuqarolarning yangi taassurotlarga intilishi, O‘zbekistonda tashqi turizmning o‘sishiga turtki bo‘lmoqda", – deb yozilgan nashrda.

Shuningdek, jurnalda qayd etilishicha, 2024 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlar soni 5,7 milliondan oshdi.

"Mamlakatga Yevropa Ittifoqi va AQShdan o‘n minglab sayyohlar kelgan. Bularning barchasi hukumat tomonidan turizm infratuzilmasi faol rivojlantirilayotgani, yangi mehmonxonalar qurilayotgani, transport tizimi yaxshilanayotgani, xalqaro festivallar va madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilayotgani tufayli amalga oshyapti", – deb yozgan muallif.

Mavzuga oid