Jahon | 09:52 / 02.09.2025
2860
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Kiyev viloyatiga hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Beloy Tserkvida Rossiya hujumi paytida halok bo‘lgan erkakning jasadi garaj kooperatividagi yong‘inni o‘chirish vaqtida topildi, deb xabar berdi VHM rahbari Nikolay Kalashnik.

Foto: Telegram / Mykola_Kalashnyk

Rossiyaning Ukrainaning Kiyev viloyati Belaya Tserkov shahriga uyushtirgan hujumi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Nikolay Kalashnik 2 sentabr, seshanba kuni erta tongda Telegramʼda.

«Erkakning jasadi garaj kooperatividagi yong‘inni o‘chirish vaqtida topildi, - deyiladi postda. - Uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiraman». Kalashnik Rossiya hujumi natijasida ko‘p qavatli uylarning oynalari shikastlangani, savdo va ishlab chiqarish korxonalari hududida yong‘inlar sodir bo‘lganini ta’kidladi.

Shahar harbiy ma’muriyati (ShHM) rahbari Sergey Krivosheyenko Telegramʼda Rossiya Federatsiyasining Sumi shahriga tungi hujumi oqibatlari haqida gapirdi. Uning postidan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaning o‘qqa tutilishidan so‘ng bir necha jabrlanganlar ambulator yordam so‘ragan, ular orasida bir bola ham bor.

Mavzuga oid