Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari 31 avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi “Meytszyan” kongress markazida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.

O‘zbekiston yetakchisi 1 sentabr kuni ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda qatnashib, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
2 sentabr kuni Pekin shahrida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Shuningdek, prezident Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Davlat rahbari Xitoy bosh vaziri Li Tsyan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston prezidenti 3 sentabr kuni Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan g‘alaba paradida ishtirok etdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy rasmiylari kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
07:30 / 17.12.2025