O‘zbekiston | 18:46 / 03.09.2025
4985
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga Xitoydan ko‘chma nimstansiyalar keltiriladi - Mirzamahmudov

Energetika vazirining aytishicha, poytaxtda statsionar nimstansiyalar ta’mirlanayotgan paytda, o‘rniga ko‘chma nimstansiyalar ishlatib turiladi.

Toshkent shahrida elektr energiya ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida Xitoydan ko‘chma nimstansiyalar keltiriladi, ulardan statsionar nimstansiyalarni ta’mirlash paytida foydalaniladi. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Hozir enegetika sohasida Xitoy bizning eng yirik ham investitsion hamkorimiz, ham texnologik hamkorimizdir. Sababi, Xitoydan nafaqat investitsiya kirib kelyapti, balki xorijiy davlatlardan amalga oshirilayotgan energetika yo‘nalishidagi asosiy texnologik uskunalarning deyarli barchasi Xitoydan yetkaziladi. Ya’ni bu hozirgi kunda Xitoydagi ushbu yo‘nalishda eng zamonaviy texnologiyalar bor, degani», dedi energetika vaziri.

U Xitoy bilan yangi yo‘nalishda, gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari (GAES) qurish loyihasi bo‘yicha ham kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

GAES – litiy-ionli batareyali saqlash tizimi bo‘lib, GESlardan chiqarilayotgan suvni qaytadan suv omboriga yig‘ib, kerakli paytda yana oqizib, elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi texnologiyadir.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid