Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Pekin shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev China National Petroleum Corporation (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Day Xoulyanni qabul qildi.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik loyihalarni mamlakat ichida va tashqi bozorlarda amalga oshirishga ixtisoslashgan dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 200 milliard dollardan ziyod.
Uchrashuvda CNPC'ning mamlakatga kiritgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshgani ta’kidlandi.
Xitoy kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytirish va yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yechimlarni joriy qilish loyihalarini ilgari surish rejalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
11:50 / 10.07.2026