Jahon | 11:04 / 04.09.2025
4995
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘z qurbonlarini timsohga yedirgan” - Kolumbiyada “El-Loko” laqabli jinoyatchi ushlandi

Kolumbiya hukumati jinoiy to‘dalarga qarshi operatsiya vaqtida Robinson Suluaga Arroyani qamoqqa oldi. U qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Foto: El Heraldo de Mexico

Kolumbiyada o‘zining qurbonlari jasadlarini timsohga yedirgani aytilayotgan “El Loko” laqabli Robinson Suluaga Arroya hibsga olindi. Bu haqda El Heraldo de Mexicoa nashri xabar bermoqda.

“Los Espartanos” jinoiy to‘dasi rahbarining yordamchisi bo‘lgan “El Loko” og‘ir jinoyatlarda, xususan, giyohvand moddalar savdosi, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishda ayblanmooqda. Avvalroq uning timsohi musodara qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u timsohni o‘ldirilgan odamlarning jasadlari bilan boqqan. 

Uning qamoqqa olinishi Kolumbiyadagi “Shottas” va “Espartanos” to‘dalariga qarshi operatsiyaning bir qismi bo‘lgan. 2025 yilning o‘zida Vale del Kauka departamentida mazkur guruhlarning 140 dan ortiq a’zosi qo‘lga olingan. 

InSight Crime ma’lumotlariga ko‘ra, “Shottas” va “Espartanos” bir-biriga raqib to‘dalar bo‘lib, ular tovlamachilikdan keladigan daromadlar, shuningdek, kokain kontrabandasi yo‘llari ustidan nazoratga ega chiqish uchun kurashib keladi.

To‘dalar o‘rtasidagi hudud uchun kurash “ko‘rinmas chegaralar”ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu esa fuqarolarning to‘dalar nazoratidagi hududlarda erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Асрор Абдуназаров
Tayyorlagan Асрор Абдуназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid