Iqtisodiyot | 08:34 / 04.09.2025
4077
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy «Sila Sibiri - 2» bo‘yicha memorandumni imzoladi

Ushbu memorandum yuridik jihatdan majburiyat yuklaydi.

Foto: Sergei Bobylev/Sputnik/dpa/picture alliance

Rossiya Xitoy hududida «Sila Sibiri - 2» gaz quvuri va Mo‘g‘uliston orqali «Soyuz-Vostok» tranzit gaz quvurini qurish bo‘yicha qonuniy kuchga ega memorandumni imzoladi. Bu haqda Pekinda uch davlat rahbarlarining muzokaralaridan so‘ng «Gazprom» rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi.

«Loyiha Rossiyadan Mo‘g‘uliston orqali yiliga 50 milliard kub metr gaz yetkazib berishga imkon beradi», — deya Millerning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks». Tranzit kelishuvi 30 yil muddatga amal qilishi kutilmoqda.

Imzolash Rossiya, Xitoy va Mo‘g‘uliston rahbarlari – Vladimir Putin, Si Jinping va Uxnaagiyna Xurelsuxaning uch tomonlama sammiti fonida bo‘lib o‘tdi. Bu formatdagi muzokaralar yettinchi marta o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid