Jahon | 11:29 / 04.09.2025
2610
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaning Kupyanskda olg‘a siljigani haqidagi ma’lumotni rad etdi

Ukraina Qurolli kuchlarining 10-armiya korpusi Kupyanskda Rossiya bayrog‘i o‘rnatilgani aks etgan videoni sahnalashtirilgan deb atadi. Ukraina dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi «shaharga kirib kelgan dushmanning hujumkor samolyoti yo‘q qilinganini» ma’lum qildi.

Foto: Anadolu/Getty Images

3 sentabr, chorshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlarining 10-armiya korpusi Facebookʼda internetda tarqatilgan Rossiya bayrog‘ining Kupyanskda osib qo‘yilgani videosi «sahnalashtirilgan targ‘ibot materiali» ekani, buning uchun Rossiya Qurolli kuchlari «fuqarolik kiyimida kiyinishga» majbur bo‘lganini yozdi.

«Bu urinishlarning barchasi besamar ketdi. Ukraina himoyachilari bunday namoyishlarni dushman hujumkor guruhlari bilan bir lahzada yo‘q qiladi», — deyiladi postda. Ilova qilingan videoda Kupyanskka bostirib kirgan bir guruh rus askarlari yo‘q qilingani ko‘rsatilgan.

3 sentabr kuni Ukraina dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi ham «shaharga kirib kelgan dushmanning alohida hujumkor samolyotlari Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan yo‘q qilinganini» ma’lum qildi. Rossiya qo‘shinlarining Kupyanskka chuqur kirib borishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi Telegram kanalida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid