O‘zbekiston | 08:34 / 05.09.2025
1567
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekistondagi laboratoriyalarni zamonaviy standartlarga moslashtiradi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev va Britaniyaning Intertek kompaniyasi mintaqaviy direktori Irina Baerenvald o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqot chog‘ida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga qarashli laboratoriyalarni modernizatsiya qilish va ularni zamonaviy standartlarga moslashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Intertek kompaniyasi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha dunyodagi yetakchi transmilliy kompaniyalardan biri hisoblanadi. 

Kompaniya 100 dan ortiq mamlakatda 1000 dan ziyod laboratoriyaga egalik qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid