Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryutte: Rossiyaning Ukrainaga qo‘shin kiritilishini taqiqlashga haqqi yo‘q
Moskva G‘arb qo‘shinlarining Ukraina hududida bo‘lishi mumkinligi yoki bu imkonsiz ekanini hal qila olmaydi. Faqat Kiyev qaror qabul qilish huquqiga ega, dedi NATO bosh kotibi Mark Ryutte.
Foto: Michal Krumphanzl/IMAGO
Tinchlik kelishuviga erishilsa, Ukraina hududida G‘arb qo‘shinlarining bo‘lishi mumkinligi yoki yo‘qligini hal qilishga Moskvaning haqqi yo‘q, bu masalada faqat Kiyev qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda 4 sentabr, payshanba kuni Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining Praga mudofaa sammitida NATO bosh kotibi Mark Ryutte aytib o‘tdi.
«Rossiyaning Ukraina haqida fikri nima uchun bizni qiziqtirishi kerak? Ukraina mustaqil davlat. U o‘z xavfsizligini qanday ta’minlashni o‘zi hal qiladi. Finlandiya Rossiyadan NATOga a’zo bo‘lish uchun ruxsat so‘ramagan. Biz ham suveren davlatlarmiz va agar Ukraina tinchlikni saqlash uchun xavfsizlik kuchlarini taklif qilish zarur deb hisoblasa, bu uning huquqidir», — dedi Ryutte Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina hududi haqidagi so‘zlarini izohlar ekan.
NATO bosh kotibining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi tinchlikparvarlik missiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor, ammo u yerga Amerika qo‘shinlarini yuborish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp Kiyev uchun haqiqiy kafolatlar zarurligini tushunadi va shu yo‘nalishda harakat qilmoqda. «U Budapesht memorandumi yoki Minsk kelishuvlaridagi xatolarni takrorlamaydi», deb ta’kidladi Mark Ryutte.
Mavzuga oid
22:02
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025