Tinçlik kelişuviga erişilsa, Ukraina hududida Ğarb qöşinlarining bölişi mumkinligi yoki yöqligini hal qilişga Moskvaning haqqi yöq, bu masalada faqat Kiyev qaror qabul qilişi mumkin. Bu haqda 4 sentabr, payşanba kuni Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining Praga mudofaa sammitida NATO boş kotibi Mark Ryutte aytib ötdi.
«Rossiyaning Ukraina haqida fikri nima uçun bizni qiziqtirişi kerak? Ukraina mustaqil davlat. U öz xavfsizligini qanday ta’minlaşni özi hal qiladi. Finlandiya Rossiyadan NATOga a’zo böliş uçun ruxsat söramagan. Biz ham suveren davlatlarmiz va agar Ukraina tinçlikni saqlaş uçun xavfsizlik kuçlarini taklif qiliş zarur deb hisoblasa, bu uning huquqidir», — dedi Ryutte Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina hududi haqidagi sözlarini izohlar ekan.
NATO boş kotibining ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar Ukrainadagi tinçlikparvarlik missiyasini qöllab-quvvatlaşga tayyor, ammo u yerga Amerika qöşinlarini yuboriş haqida gap bölişi mumkin emas. Uning sözlariga köra, prezident Donald Tramp Kiyev uçun haqiqiy kafolatlar zarurligini tuşunadi va şu yönalişda harakat qilmoqda. «U Budapeşt memorandumi yoki Minsk kelişuvlaridagi xatolarni takrorlamaydi», deb ta’kidladi Mark Ryutte.












