Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Goaga mavsumiy aviaqatnovlarni tiklamoqda
Ushbu kuzda sizda yorqin dam olish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ladi: Uzbekistan Airways Hindistonning asosiy kurort hududi – Goa shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklamoqda.
Foto: Uzbekistan Airways
O‘zbekiston aholisi Uzbekistan Airways bilan sayohatga chiqishi va Goa nima bilan mashhur bo‘lsa – cheksiz plyajlar, yoqimli dengiz, yumshoq iqlim va rang-barang madaniyat, bularning hammasidan bahramand bo‘lishi mumkin.
Goa haqli ravishda Hindistonda dam olish ramzi hisoblanadi: go‘zal quyosh botishi, noyob oshxona va o‘zgacha erkinlik muhiti har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu shtat hayratlanarli darajada xilma-xil: shimol ziyofatlar va jo‘shqin uchrashuvlar muhiti bilan quvontiradi, janub esa toza plyajlarda yolg‘izlik va osoyishtalikka moyil.
Toshkentdan Goa shahriga parvozlar 3 dekabrdan boshlab chorshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Chorshanba kunlari
• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 07:50, Toshkent vaqti bilan;
• Goaga yetib borish soat 12:45, Goa vaqti bilan;
• Goadan jo‘nab ketish soat 14:05, Goa vaqti bilan;
• Toshkentga yetib kelish soat 18:00, Toshkent vaqti bilan.
Yakshanba kunlari
• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:00, Toshkent vaqti bilan;
• Goaga yetib borish soat 10:55, Goa vaqti bilan;
• Goadan jo‘nab ketish soat 12:15, Goa vaqti bilan;
• Toshkentga yetib kelish soat 16:10, Toshkent vaqti bilan.
Bir tomonga aviachipta narxi 2 643 000 so‘mdan, Toshkent–Goa–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 5 490 000 so‘mdan boshlanadi.
Bu jannatmakon joyda dam olish ajoyib xotiralarni taqdim etishi mumkin! Goaga aviachiptalarni hoziroq booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways ilovasida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
18:39 / 29.11.2025
UzAirways Airbus A320/321 samolyotlarining dasturiy ta’minotini o‘zgartirdi
15:42 / 22.11.2025
Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishidagi reys texnik nosozlik sabab kechikmoqda
17:00 / 13.11.2025
Uzbekistan Airways 11.11 aksiyasini davom ettiradi: parvozlarga 20 foizgacha chegirmalar
10:21 / 08.11.2025