Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvçilar uçun yangilangan dizayn, rang uyğunligi va kengaytirilgan töplamga ega bölgan yangi libosni bosqiçma-bosqiç joriy etişni boşlaydi.

Xizmat libosini yangilaş töğrisidagi qaror aviakompaniyaning brendni mustahkamlaş va zamonaviy xalqaro servis standartlariga moslaşişga qaratilgan strategik rivojlaniş doirasida qabul qilingani ta’kidlanmoqda.

Ilk bor ramziy libos töplamiga trikotaj matosidan kardigan kiritildi, ustki kiyim sifatida esa palto va issiq yopinğiç taqdim etildi. Bu esa kuz-qiş mavsumida parvoz vazifalarini bajariş jarayonida qulaylik yaratadi, funksionallikni oşiradi. Liboslar harakatçan iş talablari, uzoq davom etuvçi parvozlar hamda turli tana tuzilişiga ega xodimlar uçun qulaylik yaratişni inobatga olgan holda işlab çiqilgan.

Bortkuzatuvçilar va bortkuzatuvçi-brigadirlarni vizual jihatdan farqlaşga alohida e’tibor qaratildi. Formaning asosiy rangi – töq kök bölib, brigadirlarning jaket va boş kiyimlari töq qizil rangda böladi. Bu qaror yölovçilarga havo kemasi bortida ekipaj yetakçisini ajratib oliş imkonini berişi ta’kidlanmoqda.

Qayd qilinişiça, aviakompaniya kölami, uçuvçilar va bortkuzatuvçilar sonining köpligi hamda aviaqatnovlar jadvalining ziçligini hisobga olgan holda, yangi libos parvozlarni töxtatmasdan, bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.