Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
Raqobat qo‘mitasi taklifiga ko‘ra, endilikda UzAirways orqali uchib ketish va qaytish chiptasiga ega yo‘lovchilar ayrim sabablar bilan uchib ketolmaganda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydi. Qo‘mita ushbu qoidani mahalliy yo‘nalishlardagi boshqa aviakompaniyalarga ham joriy etish yuzasidan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Foto: Kun.uz
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi taklifiga ko‘ra, endi UzAirways orqali uchib ketish va qaytish chiptasiga ega yo‘lovchilar ayrim sabablar bilan uchib ketolmaganda, uning qaytish chiptasi bekor qilinmaydi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
«Endilikda, Uzbekistan Airways xizmatlaridan foydalanishda mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi yetib kelmaganligi sababli, yo‘nalishning keyingi uchastkalarida joylarni bronlashtirish bekor qilinmaydi. Yo‘lovchi o‘zi uchun joy band qilgan aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalishning keyingi uchastkalarida tashishdan foydalanishi mumkin bo‘ladi», – deyiladi qo‘mita xabarida.
Shu bilan birga, qo‘mita mazkur qoidani mahalliy yo‘nalishlardagi boshqa aviakompaniyalarga ham joriy etishga erishish ustida ish olib bormoqda.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, 2025 yilda aviatashuvlar bo‘yicha iste’molchilardan 127 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarda, xususan, quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
- ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinishi (65 ta);
- sifatsiz xizmat ko‘rsatilishi (25 ta);
- belgilangan yo‘nalishga va vaqt oralig‘iga rioya etilmagani (27 ta);
- asossiz qarzdorlik va boshqa masalalar (5 ta).
Ushbu murojaatlarning 122 tasi ijobiy hal etilib, jami 72 mln so‘mga yaqin mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Raqobat qo‘mitasi havo transportidan foydalanishda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, sohada raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar uchun qulayliklar yaratish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
08:40
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
08:57 / 29.01.2026
15,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar aniqlandi
18:12 / 28.01.2026
Uzbekistan Airways bortkuzatuvchilar uchun yangi libos namunalarini taqdim etdi
11:48 / 25.01.2026