Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik Tohir Aripov faxriy unvon bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev Tohir Aripovni «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirladi
O‘zbekiston prezidenti Tohir Aripovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda aytilishicha, unga faxriy unvon mamlakatda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalq ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, biofizika yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan ko‘plab muhim ixtirolar, ilg‘or innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan berilgan.
Ma’lumot uchun, Tohir Aripov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:00 / 29.07.2025
Ikki viloyatda IIB boshliqlari o‘zgardi
15:58 / 19.03.2025
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog» faxriy unvoni ta’sis etildi
18:17 / 27.08.2024
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
13:00 / 15.10.2018