Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etiş töğrisida»gi qonun loyihasi qabul qilindi.

Qonun bilan turli sohalarda yuqori natijalarga erişib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlaş tizimini joriy etiş maqsadida alohida davlat mukofotini ta’sis etiş nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinişi yangi iş örinlari yaratiş, innovatsiyalar joriy qiliş, eksport qiliş va yetuk mutaxassislar tayyorlaşda barçaga namuna böladigan hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erişib kelayotgan biznes vakillarini tizimli taqdirlaş imkonini berişi ta’kidlanmoqda.

Şu bilan birga, uşbu unvonni ta’sis etiş orqali tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qöşayotgan hissasiga e’tiborni qaratiş va baholaş, katta yutuqlarga erişgan va jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal etişda faol iştirok etayotgan tadbirkorlarni aniqlaş hamda ularni taqdirlaş, aholini, ayniqsa, yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb qiliş va biznesga qiziqişni yuksaltiriş maqsad qilingan.