Toshkent viloyati IIBning yangi boshlig‘i va viloyatning yangi prokurori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlari vaziri o‘rinbosari Tohir To‘lqinovich Aripov Toshkent viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Foto: IIV axborot xizmati
U 14 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan selektor davomida ishdan olingan Abdumalik Allamurodovning o‘rnida ish boshlaydi.
Polkovnik Tohir Aripov shu yilning may oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U 2017 yilning iyulidan 2018 yil mayigacha IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatining yangi prokurori ham ma'lum. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari Salom Ismatovich Samadov viloyat prokuroriga aylangan.

Foto: Bosh prokuratura
U bu lavozimda o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shatilgan Shavkat Rahmatov o‘rnida ish boshlamoqda.
Salom Samadov 1963 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati F.Xo‘jayev tuman prokuraturasida boshlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Salom Samadov 2017 yilning noyabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
-
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 12:47
Mavzuga oid

07:59 / 29.08.2023
Bosh prokuror o‘rinbosari Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i bo‘ldi

12:00 / 25.03.2023
Qashqadaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

10:35 / 23.02.2023
Bosh prokurorga o‘rinbosar tayinlandi

09:19 / 16.08.2022