Sog‘lom hayot | 18:14 / 07.09.2025
4982
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ixtiro qilingan surunkali alkogolizmni davolovchi vosita patentlandi

Ixtironing maqsadi I va II bosqichdagi alkogolizmni davolash va uning qaytalanishining oldini olish hisoblanadi.

Foto: Adobe Stock

«Surunkali alkogolizmni davolovchi vosita» nomli ixtiro IAP 8081-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ixtirodan tibbiyotda, xususan, farmakologiya, narkologiya va alkogolizmni davolashda foydalaniladi.

Ixtironing maqsadi I va II bosqichdagi alkogolizmni davolash va uning qaytalanishining oldini olish hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish rivojlanish uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid