Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kartoshka yetishtirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
“Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 2028 yildan har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan past bo‘lmagan kamida 10 mln dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;
🔹 2030 yilga borib respublikada kartoshkaning o‘rtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga oshirish.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1 dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning in-vitro o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari bo‘yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma beradi.
2026 yil 1 yanvardan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug‘urta polisi asosida kreditlar ajratiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026