O‘zbekiston | 18:46 / 08.09.2025
2896
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari unga ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty images

«Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi.

Shuningdek, nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlarning adolatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 noyabrdan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

2025 yil 1 dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.

2025 yil 15 dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha «Sud-ekspert» portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026 yildan 1 yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obektlarni ko‘zdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokameradan (bodikamera) foydalanishi tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid