Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh YeIni sanksiyalar evaziga Rossiya gazidan voz kechishga chaqirdi
Yevropa Rossiyadan neft va gaz sotib olishni to‘xtatsa, Vashington Moskvaga bosimni kuchaytiradi, dedi AQSh energetika vaziri Kris Rayt. U Rossiya yonilg‘isini Amerika STG, benzin va boshqa mahsulotlari bilan almashtirishni taklif qildi.
Kris Rayt Foto: Mandel Ngan/AFP/Getty Images
Yevropa davlatlari Vashingtondan Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni istasa, Rossiya neft va gazini sotib olishni to‘xtatishi kerak. Bu haqda 8 sentabr, dushanba kuni chop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida AQSh energetika vaziri Kris Rayt aytdi.
«Agar yevropaliklar chiziq chizib: «biz Rossiya gazini sotib olmaymiz, Rossiya neftini olmaymiz» desa, bu AQShning yanada tajovuzkor bo‘lishiga (sanksiya kiritishda) ijobiy ta’sir qiladimi? Albatta», — deydi Rayt.
U Rossiya energiya resurslarini Amerika suyultirilgan tabiiy gazi, benzini va boshqa mahsulotlari bilan almashtirishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu YeIga AQSh bilan savdo kelishuvi shartlarini bajarishga imkon beradi, unga ko‘ra, Yevropa davlatlari 2028 yil oxirigacha AQShning 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib olishi kerak.
Mavzuga oid
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026