Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati qochqinlarning Suriyaga qaytishini rag‘batlantirmoqchi
Hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi XDI partiyasiga ko‘ra, Germaniyada qolish uchun iqtisodiy imtiyozlar suriyaliklarning o‘z mamlakatini qayta qurishdan manfaatdorligidan oshmasligi kerak.
Foto: Andreas Arnold/dpa/picture alliance
Germaniyadagi hukmron koalitsiyaga kiruvchi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) siyosatchilari suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish uchun yanada samaraliroq rag‘batlantirishni talab qilmoqda. «Germaniyada qolish uchun iqtisodiy imtiyozlar suriyaliklarning o‘z mamlakatini qayta qurishda ishtirok etish manfaatlaridan oshmasligi kerak», dedi Bundestag razvedka qo‘mitasi rahbari va XDI vakili Mark Xenrixman 8 sentabr, dushanba kuni Bild tabloidiga.
Uning ta’kidlashicha, Germaniyada qolish yoki Suriyaga qaytish qarori iqtisodiy sabablarga ko‘ra qabul qilinmasligi kerak. «Biz bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishimiz, qayta qurishni rag‘batlantirishimiz va xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishimiz kerak», dedi Xenrixman. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya suriyaliklarning vataniga o‘z ixtiyori bilan ketishini ta’minlashga harakat qilishi kerak, biroq Suriyada buning uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi ta’minlanishi lozim.
O‘z navbatida, XDI/XSI fraksiyasi spikeri, xristian-demokratlar partiyasining ichki siyosat bo‘yicha eksperti Aleksandr Trom suriyaliklarning o‘z yurtini tark etishiga asl sabab Bashar Asad rejimining terrori bo‘lganini, hozir esa bu terrorga barham berilganini eslatdi. «Shuning uchun Suriya fuqarolari o‘z vataniga qaytib, uni qayta tiklashda ishtirok etishini kutish kerak», — dedi u Bild nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
10:30 / 07.02.2026
Germaniyada Rossiyaning NATO hududiga bostirib kirishi ssenariyci modellashtirildi
16:09 / 05.02.2026