Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’limda Yagona davlat imtihoni joriy etilishi mumkin
Maktabni bitiruv imtihoni, oliy ta’limga kirish imtihoni va fanlar bo‘yicha sertifikat olish imtihoni Yagona davlat imtihoniga (YaDI) birlashtirilishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Ta’limda Yagona davlat imtihoni tizimini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali amaliyotga joriy etish reja qilinyapti. Tashabbus 8 sentabr kuni prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ilgari surildi, deb xabar berdi Kun.uz manbasi.
Qayd qilinishicha, ayni paytda o‘quvchilar 3 marta imtihon topshiryapti: maktabni bitiruv imtihoni, oliy ta’limga kirish imtihoni, fanlar bo‘yicha sertifikat olish imtihoni. Mazkur imtihonlarni birlashtirish yo‘li bilan Yagona davlat imtihoni (YaDI) topshirishga o‘tish va jarayonni soddalashtirish reja qilinyapti. Bu o‘quvchilarning vaqti va ota-onalarning moddiy resurslarini tejashga yordam berishi kutilmoqda.
Rossiyaning Yagona davlat imtihoniga (Yedinyy gosudarstvennyy ekzamen — YeGE) o‘xshash tizimni joriy etish avval ham taklif qilingan edi. Biroq, jarayon hali yakuniga yetkazilmadi.
Mavzuga oid
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
18:42 / 15.12.2025
«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
20:58 / 13.12.2025