Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilyapti
Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonovga ko‘ra, erkaklar uchun pensiya yoshi hozirgi 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga oshirilishi rejalashtirilyapti. Bu jarayon bosqichma- bosqich amalga oshirilib, har yili 6 oydan qo‘shib borilishi mumkin.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.
Pensiya islohoti loyihasiga ko‘ra, erkaklar uchun pensiya yoshi hozirgi 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga oshirilishi ko‘zda tutilyapti. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi – har yili yarim yildan qo‘shib boriladi.
Otajonovning ta’kidlashicha, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida minimal pensiya yoshi 65 yoshdan yuqori. O‘zbekistonda esa «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganidan buyon, ya’ni 32 yildan beri pensiya yoshi oshirilmagan. «Faqat O‘zbekiston qoldi, boshqa davlatlar allaqachon pensiya yoshini ko‘tardi», — degan u.
Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi direktori mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ortib borayotganini qayd etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 75 yilni tashkil etyapti.
Otajonovning qo‘shimcha qilishicha, pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q. Pensiya jamg‘armasi aholining pensiya tizimini isloh qilishga oid takliflarini yig‘ish uchun maxsus platforma ishga tushirishni rejalashtiryapti. Takliflar bir oy davomida qabul qilinadi. So‘ng ularni o‘rganib chiqib, qayta muhokamadan o‘tkazish, zarur o‘zgartirishlar kiritish va pensiya islohoti loyihasini jamoatchilikka rasman taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Murodbek Otajonov pensiya yoshini ko‘tarishda yumshoqroq variantni ham ko‘rib chiqish mumkinligini bildirdi. Ya’ni har yili yarim yosh emas, balki uch oydan oshirish. Bu holda pensiya yoshi har to‘rt yilda bir yilga ko‘tariladi va islohot 12 yil davom etadi.
Mavzuga oid
15:41 / 13.11.2025
Kulrang maosh: pullaringiz qay tarzda yo‘qolmoqda
09:02 / 13.11.2025
Fransiya: deputatlar pensiya islohotini muzlatishni ma’qulladi
13:51 / 05.11.2025
Pensiya miqdorini oshirish haqidagi soxta takliflar bo‘yicha fuqarolar ogohlantirildi
13:13 / 03.11.2025