Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasida elektron navbat ishga tushirildi
«Dostuk» nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat yo‘lga qo‘yildi. Ta’kidlanishicha, bu chegarani kesib o‘tish vaqti va xarajatlarini kamaytirish, ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashga yordam beradi.
Foto: kaktus.media
Qirg‘izistonda raqamlashtirish ishlari davom etmoqda: O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan «Dostuk» nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbatni boshqarish tizimi joriy etildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yangilikdan maqsad chegarani kesib o‘tish vaqti va xarajatlarini kamaytirish, ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashdir.
Bunday tizim allaqachon o‘z samaradorligini ko‘rsatgan: 2024 yil noyabr oyidan boshlab u «Qizil-Qiya - avtoyo‘l» nazorat-o‘tkazish punktida sinovdan o‘tkazildi. Natijada yuk transportining to‘planib qolishini butunlay bartaraf etishga, chegarani kesib o‘tish jarayonini soddalashtirishga va tashuvchilar o‘rtasida intizomni oshirishga erishildi.
Qirg‘iziston Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Iskandar Asilqulov so‘zlariga ko‘ra, elektron navbat tartib-taomillarni soddalashtiradi, biznes uchun xarajatlarni kamaytiradi va savdo jarayonlarini yanada shaffof qiladi. Bu iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha davlat strategiyasining bir qismidir.
Loyiha Yevropa Ittifoqi va Xalqaro savdo markazi ko‘magida amalga oshirildi.
Mavzuga oid
17:38
«Bishkeklik manyak» tergov izolyatori kamerasida jonsiz holda topildi
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026