Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish qonuniyligi qanday tekshiriladi?
Qurilish kompaniyalariga qurayotgan obekti yoniga QR-kodli pasport o‘rnatish talabi qo‘yilyapti. Ushbu xizmat orqali obekt nomi, buyurtmachi, loyihachi, quruvchi va uning reytingi, qachon foydalanishga topshirilishi, shaharsozlik hujjatlari va boshqa ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Aldab ketmasmikan, qurilish qonuniymi, ishonsa bo‘larmikan? Bu yangi ko‘p qavatli uy xarid qilishdan oldin ko‘pchilikni o‘ylantiradigan savollar.
Endilikda qurilish kompaniyalariga qurayotgan obekti yoniga QR-kodli pasport o‘rnatish talabi qo‘yilyapti. Ushbu xizmat orqali obekt nomi, buyurtmachi, loyihachi, quruvchi va uning reytingi, qachon foydalanishga topshirilishi, shaharsozlik hujjatlari va boshqa ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bunda har bir ma’lumotni diqqat bilan o‘qib chiqish talab etiladi. Masalan, obekt ruxsatnomasiga e’tibor bering. Uy deb sotilayotgan bo‘lsa-da, hujjatda mehmonxona, biznes markazi yoki savdo shoxobchasi sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qurilish ko‘rsatilgan manzilda amalga oshirilayotgani, binoning loyihaga mosligi kabi jihatlarga ham alohida e’tibor berish kerak. Xususan, hujjatda 9 qavatli binoga ruxsat berilgan, ammo quruvchi sizga obekt 16 qavatdan iborat bo‘lishini aytib, uy sotyapti. Bu mutlaqo noqonuniy harakat. Misqollab to‘plagan pulingizni firibgarlarga topshirib qo‘ymaslik uchun ogoh bo‘ling.
Mavzuga oid
09:05 / 06.06.2026
Qurilish sohasida sun’iy intellekt joriy etiladi
09:56 / 05.06.2026
Qurilishga ruxsat olish jarayoni soddalashtiriladi
21:33 / 24.05.2026
Qabristonlarga QR-kodlar orqali xayr-ehsonlar qilish yo‘lga qo‘yiladi
08:01 / 21.04.2026